BFI: IŞLAB ÇIQARIŞ VA XIZMATLAR HAJMI BÖYIÇA
МДҲга аъзо давлатларнинг Монополияга қарши сиёсат бўйича давлатлараро кенгаши (МСАП)нинг 61-йиғилиши ҳамда монополияга қарши қонунчилик бузилишларини биргаликда текшириш штаби 47-йиғилиши бўлиб ўтди
"Biznes faolligi indeksi (BFI)ning 2026-yil 3-çorak natijalari va 4-çorak kutilmalari baholandi" tahliliy postidan
"Kartoshka mahsulotini yetishtirish va uni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinmoqda" tahliliy postidan
BFIning 2026-yil 3-çorak natijalari 2-çorakka nisbatan 1,1 bandga oşib, 53,5 bandni taşkil etdi. 4-çorak kutilmalari esa deyarli özgarişsiz 53,2 bandga teng bölişi prognoz qilindi.BFI sorovnomasida Raqobat Qömitasining “Fair Tech” yagona axborot tizimi orqali işlab çiqariş va xizmatlar sohasidagi 500 dan ortiq yirik korxona vakillari iştirok etdi. Sörovnoma natijalariga köra, hududlar kesimida Qoraqalpoğiston Respublikasi (57,9) va Namangan viloyatida (57,4) eng yuqori natijalar kuzatildi.BFI metodologiyasiga köra, indeks natijalari iqtisodiyotda barqaror ösiş va faollikning ortib borayotganini körsatmoqda. Biroq, BFI natijalari va kutilmalari mamlakat iqtisodiyoti barqaror ösiş holatida ekanligiga qaramasdan, inflyatsion bosimning saqlanib qolayotganliginini körsatmoqda.Şu bilan birga, jahon iqtisodiyotidagi keskin özgaruvçanlik va yuqori noaniqlikning saqlanişi şaroitida, xalqaro taşkilotlar faol investitsiya siyosati va islohotlar hisobiga Özbekistonda kelgusida ham barqaror iqtisodiy ösiş saqlanib qolişini tasdiqlamoqda.
Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan ichki bozorda kartoshka mahsulotini yetishtirish va uni yakuniy iste’molchiga sotishgacha bo‘lgan jarayonlar tahlil qilinmoqda.Dastlabki tahlil natijalariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida 11 ta davlatdan qiymati 37,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 457 ming tonna (o‘rtacha 82 dollar/tonna) kartoshka mahsuloti import qilingan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 57 ming tonnaga yoki 24 foizga kamayganligi kuzatildi.Import bozorining konsentratsiya darajasi o‘rganilganda, eng yirik 5 ta import qiluvchi korxona hissasiga jami importning 78 foizi to‘g‘ri kelishi, jami import qiluvchi korxonalar soni 91 tani tashkil etishi aniqlandi.Tahlil ishlari doirasida kartoshka bozoridagi raqobat muhiti, bozor konsentratsiyasi va importchilar o‘rtasidagi ulushlar taqsimotini kompleks baholashga qaratilgan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Markaz direktori O.Jumayev nutq so‘zlab, bugungi kunda o‘zbek tilining nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, uning davlat boshqaruvi, ilm-fan va ish yuritish sohalaridagi qo‘llanilish doirasini kengaytirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.Shuningdek, davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, rasmiy hujjatlar va xizmat faoliyatida adabiy til me’yorlariga rioya etish, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda uni kelajak avlodga munosib yetkazish har birimizning mas’uliyatimiz ekani qayd etildi.Davlat tilining nufuzi — unga bo‘lgan e’tibor, kundalik faoliyatdagi izchil qo‘llanishi va jamiyat hayotidagi amaliy ahamiyati bilan belgilanadi. Shu bois ona tilimizni asrab-avaylash va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish barchamizdan yuksak mas’uliyat talab etadi.